Joriy yilning 26-mart sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Belarussiya davlat texnika universiteti delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevna, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo'lim boshlig'i o'rinbosari Razoqova Laylo Sayfiyevna, Belarussiya davlat texnika universitetidan Kimyoviy va silikat ishlab chiqarish mashinalari va apparatlari kafedrasi mudiri Францкевич Виталий Станиславович, Noorganik moddalar texnologiyasi va umumiy kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti Минаковский Александр Федорович, Neft va gazni qayta ishlash va neft kimyosi kafedrasi mudiri Кузёмкин Дмитрий Владимирович hamda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va elektrotexnika kafedrasi dotsenti Сарока Виктор Викторовичlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Belarussiya davlat texnika universiteti o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.