2024-yilning 17-noyabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyoviy injiniring fakulteti faollar zalida "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Talabalar oqshomi" bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda talabalar tomonidan turli millatlarning milliy kuy-qo'shiqlari va raqslari namoyish etildi.
17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan "Talabalar oqshomi"dan foto-lavhalar.
Tadbir davomida turli ko'ngilochar shartlar, viktorinalar o'tkazilib, ommaviy o'yin raqslarga ulanib ketdi.
Tadbir so'ngida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich tomonidan "TTJ Ko'chma kubogi" doirasida o'tkazilgan musobaqalarda ishtirok etgan va g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar hamda jamoalarga Ko'chma kubok va tashakkurnomalar topshirildi.