Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga 2024-yil 23-sentabr kuni Hindiston texnologiya instituti Roorkee (IIT Roorkee) Xalqaro aloqalar dekani, professor Vimal Chandra Srivastava tashrif buyurdi.

Uchrashuvga Toshkent kimyo-texnologiya instituti Хalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Babaxanova Zebo Abdullaevna, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich qatnashdi. 

Professor Srivastava institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘z institutining imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida kelgusida talabalar, magistrantlar va doktorantlarni IIT Roorkeeda akademik mobillik dasturlari orqali qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Ushbu tashrif xalqaro aloqalarni mustahkamlash va ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.