Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Talabalar turar joyida "Marifat ulashib" loyihasi doirasida mushoira va sheʼriyatxonlik kechasi boʻlib oʻtdi.

She’riyat tadbirida talabalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga havola etildi. 

Samimiy va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mushoira tadbiri qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi

Ma'lumot uchun: 2024-yilning 2-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida 2-davra uchrashuv tashkil etiladi. Ushbu uchrashuvga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulov taklif etilgan bo'lib, uchrashuv doirasida talabalar o‘rtasida adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn viktorina tashkil etish, “Yashil makon” loyihasi doirasida institut hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish, "Fotosessiya", talabalar turar joyida adiblar bilan "Gulxan atrofida suhbatlar" va bir qancha turli-tuman tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.