Ushbu uchrashuvda Mirzo Ulug'bek tumani Yong'in xavfsizligi xizmati bo'limi mas'ullari, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida mas'ul xodimlar talabalarga yong'in xavfsizlik qoidalariga amal qilishlarini hamda birlamchi yong'in o'chirish anjomlarining to'liqligi, favqulodda holatlarga shayligini o'rganishdi.
Suhbat davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yong'in xavfsizligi qoidalariga amal qilish nosoz qo'lbola elektr uskunalaridan foydalanmaslik yong'inni oldini oluvchi qoidalarga amal qilish yuzasidan tushunchalar berildi. Suhbat oxirida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob va kerakli tushunchalar olishdi.