O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi videoselektor yig'ilishning 32-sonli bayoni 6-bandida belgilangan Muhandislik oliy ta'lim muassasalari rektorlari mazkur bayonning 1-ilovasiga muvofiq tegishli OTMlarga biriktirilgan yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlariga bir oyda kamida ikki marta tashrif buyurishi belgilangan.
Shu munosabat bilan 2024-yil 26-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori boshchiligidagi institut mutaxassislari Toshkent viloyati Аngren shahridagi “Angren kaolin MChJ” va Olmaliq shahridagi “AMMOFOS-MAXAM”AJ ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishdi.
Ushbu uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori X.L.Po‘latov, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N.Shernayev, Kimyoviy Injiniring fakulteti dekani Sh.B.Buxorov, Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi M.X.Aripova va Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi yetakchi mutaxassisi U.Mavlonovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda “Kaolinni boyitish texnologiyasini ishlab chiqish” yo‘nalishida ilmiy xodimlarni jalb etish va loyihani amalga oshirish, Qurilish materialari va chinni-fayans sanoati uchun imoport o‘rnini bosuvchi, mahsulot olish imkoniyatini beruvchi, kaolinni boyitishning milliy modeli ishlab chiqish masalasi, Noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi sohasida kadrlar tayyorlash va ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish bo‘yicha masalalar, Noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi sohasida ilg‘or muhandislik maktabida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar tayyorlash, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha masalalari muhokama qilindi.