Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yoshlarning takliflarini oʻrganishga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

2025-yilning 27-yanvar sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Yoshlar ishlari agentligining vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida yoshlarning takliflarini oʻrganishga qaratilgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda maqsadli rag'batlantirish mehanizmlari bo'yicha taklif mulohazalari tinglandi.