Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy injiniring fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

G‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Kimyoviy injiniring fakulteti talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu bilimlar bellashuvida fakultetning zukko talabalaridan iborat jami 30 ta jamoa ishtirok etdi, bu esa qariyb 150 nafar talabalarning musobaqada qatnashganini anglatadi.

Tadbirda ishtirokchilar Navoiy ijodi, uning adabiy va ilmiy merosi, shuningdek, umumiy bilimlarga oid turli murakkab savollarga javob berishdi. Har bir jamoa aql-zakovatini ishga solib, eng yuqori natijani qayd etishga harakat qildi.

Keskin va murosasiz bahs-munozaralar ostida o‘tgan intellektual bellashuv yakunlariga ko‘ra:

🥇-o‘rinAURA jamoasi

🥈-o‘rinDiamond jamoasi

🥉-o‘rinMaterik jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur tadbir yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tafakkur doirasini kengaytirish hamda buyuk ajdodlarimiz merosini chuqurroq anglashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

G‘oliblarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga kelgusi intellektual musobaqalarda omad tilaymiz!