Hamkorlikdan asosiy ko'zlangan maqsad tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlari bo'yicha malakali professor-o'qituvchilarning to'garaklarini tashkil etishdan iborat.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Munozara Debati" tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha 28-maktab direktor o'rinbosari Z.Nurjonova, institut talabalari hamda maktab o'quvchi yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir so'ngida sport turlari bo'yicha musobaqalar ham tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi hamkorlik aloqalari davom etadi.