Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘ydi

Bugun buyuk mutafakkir va shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir yakunida Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Buyuk mutafakkirga ehtirom bajo keltirish, uning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlar yosh avlodni Navoiy ijodini chuqur anglashga chorlaydi.

Shuningdek, Adiblar xiyobonida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga biriktirilgan O'zbekiston va Qoraqalpog'iston qahramoniv Ibroyim Yusupov haykali poyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boshlandi.

Tadbirda institut talabalari tomonidan ulug' bobokalonimizga ehtirom ko'rsatish, asarlarini o'rganish va ularni keng targ'ib qilish maqsadida Alisher Navoiyning hayotiga bag'ishlangan sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq, g'azal va ruboiylar ijro etildi.