2024-yil 27-sentabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Din ishlari bo'yicha qo'mitasi raisining matbuot kotibi - Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Ilhom Marupov tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekan Yusupova Lola Azimovna, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ushrashuv davomida yoshlarni jamiyatga zid bo'lgan yot g'oyalardan asrash, turli ekstremistik guruhlar ta'siriga tushib qolishlariga yo'l qo'ymaslik, milliy qadriyatlarmizni asrab avaylash, farzandlarni vatanga muhabbat tuyg'usida voyaga yetkazish zarurligi, bu borada esa institutlarning o'rni muhim ekanligiga alohida to'xtalib o'tildi.