Unda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Gulnora Aripova, Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi J.A.Aliyeva, Kimyoviy injiniring fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi M.Bekmuratova, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Shuningdek tadbirda Mirzo Ulug’bek tumani IIOFMB XPB IIB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektorlari podpolkovnik L.B.Tursunalieva, podpolkovnik F.S.Djumanazarova va mayor T.Yu.Molashkinalar so’zga shiqib "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish" hamda "Himoya orderlari" haqida tushunchalar berdilar.
Tadbir so‘ngida mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi, bu esa talabalarga ushbu muammoning jiddiyligini yana-da chuqurroq tushunish imkonini berdi.