Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2024-yil 4-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutining Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Shayxontohur tumani FHDYo bo‘limi inspektori Gulbahor Qulmatova ishtirokida tadbir tashkil etildi.  

Mazkur tadbirda institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Aripova Gulnora Shuxratullayevna, OOVT fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Shoxrux Begmatov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.  

Uchrashuv davomida Gulbahor Qulmatova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, nikohni qayd etish, nikoh yoshi va oilaviy huquqlarga oid qonunchilik masalalariga to‘xtalib, o‘zining qiziqarli mulohazalari bilan ishtirokchilarni jalb etdi.  

Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan turli savollarga soha mutaxassisi tomonidan atroflicha javoblar berildi. Nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari, yoshlar o‘rtasida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar hamda inson huquqlari bo‘yicha berilgan tushunchalar talabalar uchun juda foydali bo‘ldi.  

Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan bo‘lib, talabalar uchun muloqot maydoni vazifasini o‘tadi.