Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov, Oizq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani U.Baltabayev, Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv kafedrasi mudiri O.R.Boboyorov, Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi kafedra mudiri E.Sanayev, ushbu kafedra o'qituvchisi va Akademik litsey o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov ochib berdi. Tashrif buyurgan bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan institut haqida institutda mavjud fakultetlar, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar hayoti, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayoni, kredit-modul tizimi, xalqaro aloqalar, laboratoriyalar haqida batafsil maʼlumot olishdi.
Shuningdek, fakultetdagi mavjud “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” o‘quv laboratoriyasiga ekskursiya uyushtirildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi akademik litsey bitiruvchi oʻquvchilari ushbu institutga sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib qabul qilinsalar, ular uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi, kundan-kunga sohaga boʻlgan talab taklifning ortib borishi, bu yerda yoshlar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar koʻlamini yana kengayishiga va yuksalishiga xizmat qilayotgani borasida maʼlumotlar berildi.
Akademik litsey o‘quvchilari bilan tadbir yuzasidan savol-javoblar bo‘ldi va ular o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.