Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Sanoat tarmoqlarida texnologik jarayon va qurilmalarning dolzarb masalalari va uning istiqbollari” mavzusida 1 – xalqaro ilmiy – amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda.

 2024-yilning 27-28-sentabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Sanoat tarmoqlarida texnologik jarayon va qurilmalarning dolzarb masalalari va uning istiqbollari” mavzusida 1 – xalqaro ilmiy – amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda.

Unda institut rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari, xalqaro darajadagi olimlar, xorijiy mehmonlar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Konferensiyani institutimiz rektori, professor Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

2024-yilning 27-28-sentabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Sanoat tarmoqlarida texnologik jarayon va qurilmalarning dolzarb masalalari va uning istiqbollari” mavzusida 1 – xalqaro ilmiy – amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tmoqda.

Ta'kidlash joizki “Sanoat tarmoqlarida texnologik jarayon va qurilmalarning dolzarb masalalari va uning istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya eng yangi jarayonlar, qurilmalar va turli xomashyo va materiallarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – jarayonlar va qurilmalar sohasidagi ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni ilmiy-amaliy tajriba asosida hal etish, ishlab chiqarish va o‘quv jarayonlariga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, kompyuterlar tomonidan boshqariladigan yaxlit ishlab chiqarish komplekslarini yaratish konsepsiyasini umumlashtirishga ko‘maklashishdir.