Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi tomonidan Adiblar xiyobonida bir vaqtning o’zida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari tashkil etildi.

Bugun, 1-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.E.Begmatov, fakultet tyutorlari hamda talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida ta'balarga atroflicha ma'lumotlar berildi. Adibning she'rlari tinglanib unda qo'llanilgan badiiy san'at usullari muhokama qilindi. Talabalar tomonidan shoirning she'rlari yod olinib, tadbir so'ngida bahrubayt tashkil etildi. She'riyatga ixlosmand yoshlar ushbu bahrubaytda faol ishtirok etib, tadbir qizg'in tus olishiga sabab bo'ldilar.

Adiblar xiyobonida talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun aqlni charxlovchi shaxmat-shashka, badminton hamda milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan arqon tortish sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.