2024-yilning 3-may sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida maktablarning bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun "Yosh kimyogarlar tanlovi" nomli kimyo fan olimpiadasi bo'lib o'tdi. Unda 88 ta maktab, litsey va ixtisoslashgan maktab o'quvchilari ishtirok etishdi.
Olimpiadani O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng olimpiada 2 turda, nazariy va laboratoriya sinovlari bilan davom etdi.