Kimyoviy injiniring fakultetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulov hayoti va ijodiga bag'ishlangan “Munozara-debat" tashkil etildi.
Munozarada yozuvchi va shoirlar hayoti va ijodi asosidagi mavzularida "Tasdiq" hamda "Inkor" pozisiyalarida jamoalar bahs olib borishdi.
Bilimdon talabalardan tashkil topgan 6 ta jamoa ishtirokchilari davrasida o'tkazilgan munozara qizg'in va murosasiz tarzda bo'lib o'tdi va ekspertlar tomonidan baholanib borildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin - "Kimyogar" jamoasi
2-o'rin - "Umid uchquni" jamoasi
3-o'rin - "Hufflepuff" jamoalari egalashdi.