Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti va "Ro'zmetov" korxona vakilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2024-yilning 11-noyabr kuni O‘zbekistonning yirik go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Ro‘zmetov" korxonasining umumiy masalari bo‘yicha direktor o'rinbosari Abduraxmonov Dilnur Shuxratovich hamda HR boshlig‘i Kodirbek Karimovich Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

Ushbu uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor X.L.Pulatov, Korxonalar va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig‘i A.N.Shernayev, Karyera markazi boshlig‘i A.M.Mirkomilov, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekani U.N.Baltabayev hamda Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi kafedra mudiri E.Sh.Sanayevlar ishtirok etdi.

Ucharashuvda institutimiz bilan birga amalga oshiriladigan ishlar haqida kelishuvlar olib borildi. Institut talablarini amaliyotga yuborish hamda keyinchalik ularni ishda olib qolish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda korxona xodimlariga master klass o‘tib berish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha gaplashildi hamda dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishildi. 

Uchrashuvdan so‘ng korxona vakillariga institutmizdagi mavjud laboratoriyalar bilan tanishtirildi.