Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Imomaliyeva Mohizoda, Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti dekani Sh.B.Buxorov, dekan o'rinbosari N.Sh. Zulyarova, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori polkovnik Qobilov Sharif Raximovich, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo'linmasi katta tergovchisi kapitan Axror Ma'rufaliyev hamda Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Antikorrupsiya bo'limi boshlig'i Charos Fayziyeva, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Boborajabov Bahodir Nasriddinovich kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori polkovnik Qobilov Sharif Raximovich so'zga chiqib korrupsiya, uni keltirib chiqaradigan omillar hamda uning oqibatlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.
Tadbir so'ngida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida o'tkazilgan "Eng yaxshi video" hamda "Eng yaxshi rasm" tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba-yoshlar pul mukofoti hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.