Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakultetida yangi Mehnat kodeksini mazmun-mohiyatini tushintirish, uni amaliyotga tadbiq qilish hamda jamiyatdagi ahamiyati mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.A.Yusupova, YBIB dekan o'rinbosari J.T.Sidikov, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi Davlat mehnat huquq inspektori R.B.Axmanov, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirlik akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik G.T.Mamatqulov, institut profilaktika katta inspektori podpolkovnik A.Jumanov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Hozirgi kunda sohada tashkiliy-huquqiy, qonunchilik, norma ijodkorligi hamda xalqaro standartlarni joriy etish bo'yicha keng ko'lamli tizimli ishlar olib borilgan. 

Amaldagi Mehnat kodeksi, 27 yil mobaynida Respublikamiz aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayoti uchun xizmat qilib kelmoqda, mazkur davr mobaynida ya'ni 1995 yildan to hozirga qadar ushbu kodeksga 40 marotaba o'zgartirizhlar kiritilgan.

Davra suhbati davomida ishchi xodimlar savollariga javob berildi.