Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ’ibot tadbirlari bo’lib o’tdi

2024-yil 7-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida talaba-yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish va yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan “Biz – sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Mutaxassislar tomonidan sog’lom turmush tarzining ahamiyati, salomatlikka ta’sir qiluvchi odatlarning aynchli oqibati, yuqumli kasalliklar, jumladan, OITSning tarqalish sabablari, uning alomatlari haqida batafsil axborot berildi.

Bunday tadbirlar talaba-yoshlar hayotida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Institut talabalari tadbir davomida faol ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxasisslardan muhim tavsiya va javob olishdi. Bundan tashqari, tadbir davomida SEO va JSV mutaxassislari meningit kasalligini aniqlash maqsadida talabalardan surtma olishdi. Shuningdek, ixtisoslashgan aftobus lobaratoriyada ekspres test tashkil etildi.