Marosimni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda talabalar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etiladi, gʻazal va sheʼrlar aytiladi, kuy-qoʻshiqlar jaranglaydi, shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi.