2024-yilning 29-aprel sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Vengriyaning Start-up Kampus kompaniyasi rahbari Zoltan Galla tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut rektori B.Sh.Usmonov hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Z.A.Babaxanova bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tashkilot o'rtasida start-up loyihalarini rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy loyihalar, Yevropa ittifoqining Erasmus plyus va Gorizont dasturlarida ishtirok etish masalalari muhokama etildi. Vengriya, Germaniya va O'zbekiston vakolatxonalari mavjud bo'lgan Start-up Kampus kompaniyasi oziq-ovqat texnologiyasi va xavfsizligi, biznesni rivojlantirish va boshqa sohalarda keng qamrovli hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Ma'lumot uchun Start-up Kampus kompaniyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Vengriyada may oyida tashkil etilayotgan stajirovka kurslarida institutning doktoranti S.Shamatov ishtirok etishi rejalashtirilgan. Stajirovka kursi natijasida tinglovchilar o'z loyihasini shakillatirib, biznes reja tuzishga loyiq bo'ladi.