Xabaringiz bor 1-10-iyun kunlari Respublikamizda Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan Respublika fan olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.
Bugun 8-iyun kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Kimyo" fanidan Olimpiada bo'lib o'tdi. Olimpiadani institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich tantanali ravishda ochib berdi. Shundan so'ng O'quv ishlari bo'yicha prorektor T.T.Safarov so'zga chiqib ishtirokchilarga omad tiladi, shuningdek mas'ullar olimpiadani o'tkazish tartibi, baholar mezonlari bilan tanishtirib o'tdi.
Kunning birinchi yarmida Olimpiadaning nazariy qismi bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilar 50ta test topshiriqlarini bajardilar. Kunning ikkinchi yarmida esa amaliy qismi, ya'ni laboratoriya ishini bajardilar.
Olimpiada yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rinni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabasi BEBITOVA KOMILA ELMUROT QIZI;
2-o'rinni Termiz davlat universiteti talabasi XOLMATOV MUZAFFAR XIDIRALIYEVICH;
3-o'rinni Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi YASHNAROV G‘OLIBJON OBIDJON O‘G‘LI qo'lga kiritdi.