2024-yil 31-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik va transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Babaxanova Zebo Abdullayevna Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i Saidumarxon Saidaxmadovlar hamda RXTU delegatsiyasi, jumladan, RXTUning rektor vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Vladimirovich Rumyantsev, RXTU Toshkent filiali direktori Kolokolov Fyodor Aleksandrovich va RXTU Toshkent filiali ijrochi direktori Nurmatov Botir Erkinovich ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida institutlar o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik, ilg‘or muhandislik maktablari, talabalar va xodimlar almashinuvi hamda kimyo texnologiyalari sohasidagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) va D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (RXTU) o‘rtasidagi yaqin hamkorlik O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ta’lim hamda ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Ma'lumot uchun 2022-yil 26-oktabrda “Toshkent kimyo-texnologiya instituti” oliy ta’lim muassasasi va D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti o‘rtasida ilmiy-texnik, tadqiqot va ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida 35.01-S-1.0-5825/2022-sonli kelishuv imzolangan.
Ushbu hamkorlik doirasida Toshkentda RXTU filiali ochilishi muhim qadamlaridan biri bo‘lib, u o‘zbek talabalariga o‘z yurtlarini tark etmasdan, Rossiya standartlariga muvofiq ta’lim olish imkoniyatini beradi.
RXTU filiali kimyo texnologiyalari sohasidagi ilg‘or dasturlar va uslublarga kirishni ta’minlaydi hamda mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishga yordam beradi. Asosiy e’tibor kimyo injiniringi, materialshunoslik va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlariga qaratilgan.
Bundan tashqari, TKTI va RXTU o‘rtasidagi hamkorlik talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni, konferentsiyalar va seminarlarni o‘z ichiga oladi.