Hamkorlikdan asosiy ko'zlangan maqsad tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlari bo'yicha malakali professor-o'qituvchilarning to'garaklarini tashkil etishdan iborat.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 28-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda o'quvchi yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Jamshid Sidikov, fakultet 'oqituvchilari Husniddin Rahimov, Shoyunus Obidov va fakultet tyutorlari, institut talabalari hamda maktab o'quvchi yoshlari ishtirok etishdi.