Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Bugun, 21-may kuni ilmiy haftalik ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut rahbariyati, xorijiy hamkorlar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ilmiy haftalikni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi, shuningdek Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov so'zga chiqib ishtirokchilariga tabrik yo'llab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.
“Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabrdagi Barqaror rivojlanish sammitining 70-sonli rezolyutsiyasining qator muhim vazifalari ijrosini ta’minlash, bu boradagi ishlarni izchillik bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi “2030-yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son qaroriga muvofiq barqaror rivojlanish maqsad va vazifalarini amalga oshirish”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son Farmoni vazifalarini amalga oshirish maqsadida “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning 2024-yilligi” tadbirlarini respublikada keng nishonlash. “Kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim va fan sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, talabalarning texnik yo‘nalishlarga qiziqishini oshirish, fundamental fanlarni ommalashtirish va ilmiy sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tadbirlarni tashkil etish – ilmiy-tadqiqot ishlarini kimyo, biologiya va kimyoviy texnologiya sohasi rivojlantirishdir.
Marosim davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutining hamkor oliygohlari va tashkilot rahbarlari hamda xalqaro tashkilot vakillari konferensiya ishtirokchilariga o'z tabriklarini yo'llab, xalqaro ilmiy haftalik faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi"ni tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nanotexnologiyaga doir qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Innovatison rivojlanish agentligi ko'magida qiymati 1.2 million yevro bo'lgan AQSHning Thermo Fisher Scientific kompaniyasi transmission elektron mikroskopi Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi"ga olib kelindi.
Bugun “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi" ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Yangi laboratoriyani Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tantanali ravishda ochib berdi.
Ushbu uskuna materialshunoslik hamda nanotexnologiyalar yo'nalishidagi eng zamonaviy uskuna bo'lib, u quyidagi vazifalarni bajaradi:
— nanozarralar morfologiyasini o'rganish, tadqiq etish;
— Elementar tarkibini aniqlash;
— Kristal tuzilishi-diffraktsiyasini aniqlash;
— atomlar joylashuvi hamda ularning tarkibini aniqlash;
— bu xossalarga bog'liq bo'lgan materialning qattiqligi, karroziyaga bardoshliligi, temperaturaga chidamliligi va boshqa xossalarni yaxshilash uchun izlanishlar olib borishga imkon beradi.
Ushbu transmission elektron mikroskopni olib kelishdan maqsad, nanotexnologiyalar sohasida yosh mutaxassislarni yetishtirib chiqarish hamda materialshunoslik va nanotexnologiyalar sohasida yangi materiallarni yaratishdir.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va ilmiy ishlanmalar bilan tanishdi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Ushbu haftalik ochilish marosimiga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ilmiy xodimlar va doktorantlarning ilmiy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.
“Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi ochilish marosimi o'z nixoyasiga yetib, ishtirokchilar uchun kofe-brek tashkil etildi.
Kunning ikkinchi qismida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi ishtirokchilari "Shisha keramika va bog'lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari" mavzusi doirasidagi ilmiy ma'ruzalari bilan konferensiyani davom ettirdilar.