Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida o'tkazilayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo “ to’rtinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida institutimiz rektori B.Sh.Usmonov boshchiligida Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N.Shernayev hamda institutimiz talabalari ishtirok etmoqda.
Birozdan so'ng institut rektori B.Sh.Usmonov “Innoprom. Markaziy Osiyo “ to’rtinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi yopilish marosimiga bag'ishlangan sektsiyasida nutq so'zlashi kutilmoqda.
Tadbirda turli davlatlarning kompaniyalari ishtirok etmoqda. Nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari balki, Belarus, Turkiya, Xitoy davlatlari delegatsiyasi va kompaniyalari mintaqaviy sanoat hamkorliginining yangi jihatlari va vositalarini muhokama qiladilar.
Ko‘rgazma bir qator muhim muammolarni hal qilish, jumladan, eng yangi sanoat texnologiyalarini ilgari surish va korxonalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich “Innoprom. Markaziy Osiyo “ to’rtinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasining yopilish marosimiga bag'ishlangan sektsiyasida ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida o'tkazilayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo “ to’rtinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasida institutimiz rektori B.Sh.Usmonov, boshchiligida Korxonalar va taʼlim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.N.Shernayev hamda institutimiz talabalari ishtirok etmoqda.
Unda institut rektori B.Sh.Usmonov "O‘zbekiston innovatsion iqtisodiyoti uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va muhandislik maktablarini yaratish" mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.