Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Zamonaviy kimyoviy texnologiyalar" qo'shma o'quv kurslari ishtirokchilari o'zlari tayyorlagan prezentatsiyalarni taqdimot qilishdi.

Barcha ishtirokchilarga Milan politexnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sertifikati taqdim etildi.

Ushbu sertifikatlarni Milan politexnika universiteti professori Flavio Manetti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich tomonidan topshirildi.