2024-yilning 7-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Ozarbayjon Respublikasining Sumgait davlat unversiteti rektori Rufat Azizov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Konul Abasli, Muhandislik fakulteti dekani Ulduz Agaev, Kimyo injiniringi va ekologiya kafedrasi mudiri Tunzala Babaeva, Energetika kafedrasi mudiri Хayola Aliguliyevalar tashrif buyurdi.
Ushbu uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Korxona va sanoat tarmoqlari departamenti boshlig‘i Shernayev Anvar Normamatovich, Kimyoviy injiniring fakulteti dekani Buxorov Shuxrat Buriyevich, “Fizika va energetika” kafedrasi mudiri Xudoyberdiyeva Arofat Isroilovna, Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi boshlig‘i Saidaxmadov Saidumarxon Saidaxmadovich, Tijoratlashtirish, bilimlarni transfer qilish va tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ruslan Imanzadelar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida ta’lim va ilmiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari va yo‘nalishlari, o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli amaliyotlar tashkil qilish, Hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini tayyorlash, talabalar uchun bir semestr mobaynida akademik almashinuvi, talabalar uchun yozgi maktablar va to‘lanadigan amaliyotlar tashkil etish, 1+1 modeli bo‘yicha magistratura dasturlari va ilmiy loyihalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.