2024-yilning 24-25-26-iyun kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomli davlat stipendiyalarining I bosqich imtihonlari bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xarulla Lutpullayevich ochib berdilar.
Imtihon jarayonlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish "Kompleans nazorat" bo'limi bosh mutaxassisi S.T.Fayziqulov kuzatib bordi. Imtihonlar “Informatika va kompyuter savodxonligi”, "Chet tili" hamda O'zbekiston tarixi fanlaridan bo'lib o'tdi. Imtihonlar avvalida ishchi guruh a'zolari tomonidan imtihon tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi.