2024-yilning 24-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Z.A.Babaxanova, “SYoT” kafedra mudiri A.Sh.Xusenov, prof. G.R.Raxmonberdiev, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i S.S.Saidaxmadov hamda Andong Milliy Universiteti dotsenti Te Jin Xo, LINC xalqaro loyihasi direktori professor Lim Je Xvan ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda avval kelishilgan ishlarni yana jadallashtirish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Andong milliy universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvini 2024-yil 22-iyunda Andong milliy universiteti talabalari kelishi va bizning Institutni “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedrasi talabalari 2024-yil 29-iyunda Andong Milliy Universitetiga borishi masalalari kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikda “Biopolimer” va “Antibakterial sellyuloza” mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga talabalarni Respublikamiz va Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrifi borasida shartnomalar imzolandi.