2024-yil 2-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchilarini ishga olish maqsadida Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi hamda Oziq-ovqat xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvga Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bo‘lim boshlig‘i X.A.Xamdamov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi «UzTest» davlat muassasasi direktor o‘rinbosari I.N.Qasimbekova hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi «UzTest» davlat muassasasining sinov labaratoriyasi boshlig‘i Tolibov Abdubosit Orifjon o‘g‘li tashrif buyurdilar.
Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor T.T.Safarov ochib berdi. Ushbu tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor X.L.Pulatov, Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘lim boshlig‘i A.M.Mirkomilov, Magistratura bo'limi boshlig‘i F.I.Xudoyberdiyev, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekani U.N.Baltabayev hamda kafedra mudirlari va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Korxona haqida hamda hozirgi kundagi qonun loyihlari bilan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bo‘lim boshlig‘i A.X.Xamdamov tanishtirib o‘tdi. Korxonaga ishga kirish tartiblari bilan "UzTest" sinov labaratoriyasi boshlig‘i A.O.Tolibov ma’lumot berib, Korxona bilan hamkorliklar hamda instut o‘rtasidagi aloqalar haqida "UzTest" davlat muassasasi direktor ma’lumot berdilar.
Uchrashuvdan maqsad Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yaxshi bitiruvchi kurs talabalarni ishga olishdir. Uchrashuv talabalar bilan ochiq muloqat tarzida davom etdi hamda ishga kirmoqchi bo‘lgan talabar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.