2024-yilning 2-oktabr sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuvning 2-davrasi tashkil etildi. Uchrashuvga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulov tashrif buyurdi.
Uchrashuvni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich so'zga chiqib tashrif buyurgan adiblarni ishtirok etuvchilarga yaqindan tanishtirdi.
Tadbir nomidan ham anglash mumkinki, yoshlarning maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, ularda vatanparvarlik tuygʻularini tobora kuchaytirish muhim masaladir.
Maʼrifatli inson kelajakning haqiqiy poydevorini bunyod eta oladi. Ijodkorlarning yoshlar bilan muloqoti jonli ruhda, shoirona shukuhda, koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Adiblar so'zga chiqib o'z hayot va ijod yo'llari haqida ishtirokchilarga so'zlab berdilar.
Ma'lumot uchun «Ma’rifat ulashib» loyihasi, dastur doirasida oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalar hamkorligida ziyoli, qalam ahli bo‘lgan shoir yozuvchilar, adiblar ta’lim muassasasiga taklif etilib, o‘quvchi yoshlar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
«Ma’rifat ulashib» loyihasining 2-davrasi doirasida talabalar o'rtasida o'tkazilgan "Munozara" intellektual o'yini, tashrif buyurgan adiblarning hayoti va ijodiga oid "Viktorina" hamda "Zakovat" intellektual o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar hamda jamoa a'zolari institut rahbariyati hamda tashrif buyurgan mehmonlarning diplom va esdalik sovg'alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
ShuningdekO'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulov Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan "Ma'rifat ulashib" loyihasining 2-davrasini yuqori saviyada tashkil etishdagi ko'magi uchun rektor tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.
Yoshlar telekanali Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib o'tgan ushbu loyiha to'g'risida reportaj tayyorladi.
Adiblar va talabalar uchrashuvidan so'ng Toshkent kimyo-texnologiya instituti hududida "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida turli manzalari hamda mevali daraxt ko'chatlari ekildi.
"Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuv doirasida Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 49-umumta'lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi 2-davrasini amalga oshirish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulov ishtirokida Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan 49-umumta'lim maktabida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida maktab o'quvchilari va o'qituvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda adiblar o'quvchilarga klassik va zamonaviy o'zbek adabiyoti haqida qizg'in davra suhbati uyushtirdi. Adiblar o'z ijod na'munlaridan o'qib berdi. Shundan so'ng o'quvchilardan ham she'r va qo'shiqlar tinglandi. Mehmonlar savol-javoblar yakunida eng sara kitoblarni mutolaa uchun tavsiya qilishdi.

"Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuvning 2-davrasida institutda tashkil etilgan O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni "Ibroyim Yusupov muzeyi"ga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida adiblar Ibroyim Yusupovning asarlari nashr etilgan gazeta va jurnallar, dastlabki kitoblari, boshqa tillarga o‘girilgan kitoblari va boshqa muzey eksponatlari bilan tanishishdi. Iboryim Yusupov ijodiga mansub she'rlar yod olindi.
"Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuv doirasida Shayxontohur tumanida joylashgan 102-umumta'lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasining 2-davrasini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulov ishtirokida Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan 102-umumta'lim maktabida o'quvchilari va o'qituvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda adiblar o'quvchilarga o'zlarining ijod namunlarini o'qib eshittirdilar, o'quvchilar kelajakda qaysi kasbni egallashlaridan qat'iy nazar, hozirdan tayyorgarlik ko'rib borishlari kerakligini ta'kidladilar.
"Ma'rifat ulashib" nomli adabiy-ma'rifiy uchrashuvining 2-davrasida doirasida Toshkent shahar, Shayxontohur tumani "Xadra" Mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurildi.
Tashrif doirasida adiblar mahalla yoshlari bilan uchrashib klassik va zamonaviy o'zbek adabiyoti haqida qizg'in davra suhbati uyushtirdi. Adiblar o`z hayot yo'llari, yangi O'zbekistonda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so'z yurita turib o'z ijod na'munlaridan o`qib berdilar.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida gulxan atrofida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. Tadbir davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich so'zga chiqib "Ma'rifat ulashib" loyihasining ikkinchi davrasi birinchisi kabi ko'tarinki ruhda o'tayotganini, bu o'z navbatida talabalarning ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilganini ta'kidladilar, shundan so'ng O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, jurnalist tarjimon Abdumajid Azimov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, shoir Norqobil Jalil va O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist Nazar Eshqulovlar so'zga chiqib "Ma'rifat ulashib doirasida o'tkazilgan intellektual o'yinlarda va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarni muborakbod etdi. Tadbirda talabalar o'zlarini she'rlari, ijod namunalari, kuy-qo'shiq va raqslari bilan ishtirok etdilar.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida gulxan atrofida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda talabalar o'zlarini she'rlari, ijod namunalari, kuy-qo'shiq va raqslari bilan ishtirok etdilar.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasining 2-davrasi doirasida o'tkazilgan sport musobaqalarda va turli tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
At the end of the event, the students prepared various salads and soup, our national dish. Prepared food was distributed to students.
For information, the best soup will be awarded 3,000,000 soums for the 1st place, 2,000,000 soums for the 2nd place, and 1,000,000 soums for the 3rd place.