Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakulteti “Fizika va energetika” kafedrasida vakant ish o’rinlariga davogar bo’lgan va stajor - o’qituvchilikdan assistentlikga o‘tishga davogar bo’lgan prof-o’qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkil etildi.

2025-yil 9-yanvar soat 13:30da Fizika va energetika kafedrasi assistenti Daminova Sayyoraning ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: O‘zgarmas tok qonunlari

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, bosh bino, 102-xona

2025-yil 9-yanvar soat 13:30da Fizika va energetika kafedrasi assistenti Abdurazzaqov Xurshidjonning ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Elektr zanjirlaridagi asosiy shartli belgilari va elektr zanjirlari elementlari. elektr zanjirlarini qurish

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, bosh bino, 102-xona

2025-yil 9-yanvar soat 14:00da Fizika va energetika kafedrasi assistenti Bo'riboyev Shavkatning ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Ilgarilanma va aylanma harakat kinematikasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti, bosh bino, 102-xona

Muhokamada “NGT” fakulteti ilmiy kengash aʼzolaridan “Fizika va energetika” kafedras mudiri A.I. Xudayberdiyeva dots. U. T. Asatov , professorlar, Ta’lim Sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i T.B. To‘rayev, B.J.Sapayev, dotsentlar: Mamatqulov M.N.,  Muminova Z.A., katta o‘qituvchilar: Ernazarov Sh. N., Tulametov M.A., Isayev F.F. soʼzga chiqib, , X.T.Abdurazzaqovning ochiq darsidagi yutuq va kamchiliklarini aytib o‘tdi, shu jumladan,  Abdurazzaqov Xurshidjon nazariy bilimga ega ekanligi, darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan holda dars jarayonini tashkil qilgan va o‘zini erkin holda tutganligi to‘g‘risida to’xtalib o’tdilar. Sinov tariqasida oʼtgan oʼquv yilida “Texnologiya, mashina va jihozlari” yoʼnalishi talabalari uchun Elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan bir qancha laboratoriya va amaliyot darslarini o‘tkazib ko‘rganligi va ushbu darslarиni sifatli va axborot kommunakatsion texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tganligi haqida eʼtirof etib o‘tdilar.

Daminova Sayyorani va Bo'riboyev Shavkatni kerakli bilim va ko’nikmalarga ham nazariy ham amaliy bilimga ega ekanligi, darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan holda dars jarayonini tashkil qilgan va o‘zini erkin holda tutganligi ekanliklari to‘g‘risida to’xtalib o’tdilar. Bo'riboyev Shavkat va Abdurazzaqov Xurshidjonni, assistent lavozimiga o‘tkazishni, Daminova Sayyorani stajyor o'qituvchilikka maʼqulladilar.