Tadbirda Tillar kafedrasi mudiri Keldiyor Davlatov Davlatovich hamda kafedra dotsenti Tavaldiyeva Gulbahor Nishonovnalar oʻzbek tilining tarixi, uning davlatimiz taraqqiyotidagi oʻrni va kelajagi haqida talaba yoshlarga batafsil maʼlumot berishdi.
Tadbirning amaliy qismida talaba yoshlar tomonidan tayyorlangan sheʼrlar, gʻazallar oʻqildi, til bilan bogʻliq savollardan iborat Zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi. Tadbir yakunida faol talabalar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.