2024-yilning 21-oktabr sanasida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyit muzeyi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida «Qadring baland boʼlsin, ona tilim!» mavzusida bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Unda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori, Shayxontohur tumani hokimligi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida direktori, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tilimizning sofligi, boyligi va borligi millatimizning bebaho milliy iftixoridir. Tarixga nazar tashlasak, tilimizda xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari, urf-odatlari va ruhiyati oʻz ifodasini topganini koʻramiz. Yangi Oʻzbekiston qurilishida amalga oshirayotgan islohotlarimizning asosiy yoʻnalishlaridan biri ona tilimizni rivojlantirishga qaratilgan.
Talabalar ishtirokida bahri-bayt mushoiralar o‘tkazilib, bu kabi tadbirlarning ahamiyati haqida gapirildi. Diltorlar kuy va qo‘shiqlar, she’riyatxonliklar, raqslar ijro etildi.