2025-yil 17-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Shayxontohur tumani hokimyati bilan hamkorlikda "90 kun-o'z ustingda ishlash va orzular sari qadam" nomli festival bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut jamoasi, Shayxontohur tumanida joylashga mahalla yoshlar yetakchilari, mahalla raislari, mahalla yoshlari, maktab o'quvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi davlat mahdiyasi yangradi. Madhiya kuyini Mudofaa vazirligining namunali harbiy orkestri ijro etdi.
Festivani institut rektori B.Sh.Usmonov kirish so'zi bilan ochib berib prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan dolzarb 90 kun doirasidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalarining ahamiyati haqida so'z yuritdi.
Shundan so'ng Shayxontohur tumanida joylashgan 51ta mahalla yoshlar yetakchilari, mahalla raislari va 35ta maktablar bilan birgalikda hamkorlik shartnomalari imzolanib, reja-grafik asosida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni, sport sog'lomlashtirish musobaqalarini, fan-to'garaklarini bepul yo'lga qo'yish loyihasiga start berildi.