Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Eko-Innovation – 2025” ko‘rgazmasi doirasida startap loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
Talaba-yoshlar, izlanuvchi olimlar va innovatorlar ekologik muammolarga yechim bo‘ladigan o‘z startap g‘oyalari va ishlanmalarini namoyish etishdi.
Taqdimot jarayonida ishtirokchilar nafaqat o‘z loyihalarini tanishtirdilar, balki ekologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Eng sara va dolzarb loyihalar muhokama qilinib, ularning kelgusida “ECO-STARTUP” tanlovida ishtirok etishi belgilandi.
Mazkur tadbir yoshlarning innovatsion tafakkurini rivojlantirish, ekologik muammolarga zamonaviy yechim topish hamda startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.