Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Xalqaro hamkorlik va protokol bo'limi boshlig'i Saidaxamadov Saidumarxon Saidabror o‘g‘li hamda Obuda unversiteti rektori Prof. Dr. Kovács Levente boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Tadbirning bir qismida Obuda unversiteti rektori Prof. Dr. Kovács Levente hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Obuda unversiteti o'rtasida amalga oshirayotgan ilmiy loyihalar, hamkorlik ishlari yuzasidan forum ishtirokchilariga taqdimot o'tkazishdi.