Toshkentda 2025-yilning 13-15-may kunlari O'zbekneftgaz AJ boshchiligida "O'zbekiston neft va gazi - OGU 2025" xalqaro anjumani va 27-xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu xalqaro ko'rgazmada Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori vazifasini bajaruvchi Shernayev Anvar Normamatovich, Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.Yusupova, Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi mudiri Sh..Mengliyev, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbir dasturida neft-gaz sanoatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.