Toshkentda O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda
19–20-may kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbek-Fransuz universiteti: istiqbollari va taraqqiyoti” mavzusida oliy ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Fransiya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Anne-Mari Deskot boshchiligidagi delegatsiya a’zolari, Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Aureliya Bushe, Puate, Renn, Lion-2, Gavr-Normandiya kabi nufuzli fransuz universitetlari rahbarlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi mutasaddilar, O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va olimlari hamda Xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etishmoqda.
Ushbu forumda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich hamda Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti boshligi Babaxanova Zebo Abdullaevna ishtirok etmoqda.
Mazkur anjuman ikki davlat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqboldagi qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturlarini muhokama qilish, shuningdek, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda.