Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi boshlandi

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi boshlandi

2025-yil 27–31-may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 28-may kuni ushbu ilmiy haftalikning ochilish marosimi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

Marosimda xalqaro ilmiy haftalik ramziy bayrog‘i ko‘tarilib, tadbirga rasmiy start berildi.

Mazkur nufuzli tadbirda akademik doiralar, sanoat vakillari va hukumat tashkilotlari vakillaridan iborat 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.

Uchinchi marotaba tashkil etilayotgan ilmiy haftalik joriy yil uchun belgilangan asosiy yo‘nalish — “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida o‘tkazilmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti, Integral universiteti (Hindiston), Janubiy Qozog‘iston Mukhtar Auezov nomidagi ilmiy universiteti, shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi kabi yirik hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.

 Ilmiy haftalikni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich kirish so'zi bilan ochib berdi.

 “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil sentabrdagi Barqaror rivojlanish sammitining 70-sonli rezolyutsiyasining qator muhim vazifalari ijrosini ta’minlash, bu boradagi ishlarni izchillik bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi “2030-yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son qaroriga muvofiq barqaror rivojlanish maqsad va vazifalarini amalga oshirish”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son Farmoni vazifalarini amalga oshirish maqsadida “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning 2024-yilligi” tadbirlarini respublikada keng nishonlash. “Kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim va fan sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, talabalarning texnik yo‘nalishlarga qiziqishini oshirish, fundamental fanlarni ommalashtirish va ilmiy sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tadbirlarni tashkil etish – ilmiy-tadqiqot ishlarini kimyo, biologiya va kimyoviy texnologiya sohasi rivojlantirishdir.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo‘lib o‘tayotgan “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasidagi ochilish marosimi tantanali rasmiy nutqlar bilan boshlandi.

Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, "O‘zkimyosanoat" AJ, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va boshqa tashkilot vakillari so‘zga chiqib, ilmiy haftalikning dolzarbligi, uning ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi strategik ahamiyatiga to‘xtaldilar.

 “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi ochilish marosimi o'z nixoyasiga yetib, ishtirokchilar uchun kofe-brek hamda foto-sessiya tashkil etildi.

Kofe-brek, albatta, ilmiy mavzularda fikr almashish va norasmiy muhokamalarni davom ettirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

“Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari–2025” IV Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasi boshlandi

2025-yil 28-29-may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida bo'lib o'tayotgan “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftalik doirasida Kimyo fanlari doktori, professor Abdulla Ismatov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari–2025” IV Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida professor Abdulla Ismatovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, professorning yaqin hamkasblari, shogirdlari va do‘stlari so‘zga chiqib, ustoz olimning kimyo sohasidagi beqiyos xizmatlari, insoniy fazilatlari va ilm-fanga qo‘shgan hissasini yodga oldilar.

 Milliyligimizni aks ettiruvchi badiiy chiqishlar xorijiy mehmonlarda o'zgacha taassurot uyg'otdi.

Konferensiya doirasida milliy madaniyat va ilm-fanni uyg‘unlashtirgan musiqiy chiqishlar, milliy liboslar taqdimoti, laboratoriya mashg‘ulotlari va qizg‘in bahs-munozaralar ham tashkil etilgan bo'lib, milliyligimizni aks ettiruvchi sahna chiqishlari tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarda o'zgacha taassurot uyg'otdi.

 “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftalik doirasida Kimyo fanlari doktori, professor Abdulla Ismatov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari–2025” IV Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasida mahalliy va xorijiy olimlar ishtirokida shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar sohasidagi eng yangi innovatsion ishlanmalar muhokama qilindi.

 “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida, Kimyo fanlari doktori, professor Abdulla Ismatov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari – 2025” IV Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasi muvaffaqiyatli yakunlanib konferensiya so‘ngida, mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda mehmonlar uchun Silikat materiallar hamda nodir va kamyob metallar texnologiyasi kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mehmonlarga laboratoriyalarning zamonaviy uskunalari va ilmiy ishlanmalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari ushbu ekskursiyani yuqori baholab, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli muloqot uchun zamin yaratish imkoniyati sifatida baholadi.

 2025-yil 28-may kuni bo'lib o'tgan “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi ochilish marosimidan esdalik suratlar