Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Asosiy organik sintez" kafedrasi professor õqituvchisi D.A.Xandamov va kafedraning doktorant hamda magistr talabalari "Toshkent shahar suv ta'minoti" AJ ga qarashli "Salar oqova suvni tozalash" inshootiga tashrif buyirdilar.

 2025-yil 7-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Asosiy organik sintez" kafedrasi professor õqituvchisi D.A.Xandamov va kafedraning doktorant hamda magistr talabalari "Toshkent shahar suv ta'minoti" AJ ga qarashli "Salar oqova suvni tozalash" inshootiga tashrif buyirdilar.

Mazkur tashrif doirasida institutimiz xodimlari va talabalari Salar oqova suvni tozalash inshooti bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida shahardan chiqadigan kanalizatsiya suvini tozalash jarayonlari va zamonaviy laboratoriyasi bilan korxonaning yetakchi mutaxassisi tomonidan tanishib chiqdilar. Suvni tozalash jarayonlarining hozirgi kundagi foydali tomonlari va bu jarayondagi kamchiliklar bilan tanishtirilib, kelgusida bu kamchiliklarni bartaraf etish bõyicha hamkorlik ishlarini amalga oshirish ta'kidlab o'tildi.

Bunday tashriflar institutimiz xodimlari va talabalari uchun hozirgi kunda suvning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi va suvni zararlaydigan bir qancha omillarga befarq qaramasligimiz kerak ekanligi hamda ichimlik va oqova suvlardan oqilona foydalanishimiz ijtimoiy hayotda muhim amaliy ahamiyat kasb etishi haqidagi bilim va ko'nikmalarni mustahkamlab borishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.