Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan stipendiya tanlovi o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan haftalik tadbirlar doirasida “Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi stipendiyasi” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari I.Isaqov, Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor B.Qodirov, TKTI Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Abduraxmonov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Dastavval institutimiz professorlari Gappar Rahmonberdiyev hamda Shavkat Nuraliyevlar Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan O'zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmasi rivojiga qo'shgan hissasi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari Respublika komissiyasi tomonidan tanlov nizomi talablari asosida ko‘rib chiqildi. Komissiya xulosasiga ko‘ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari Nilufar Qodirjonova va Shaxlo Bobojonova stipendiya g‘oliblari deb topildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirish, oliy ta’lim muassasalari talabalari ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, “Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish, kasaba uyushma kadrlarini tayyorlash hamda tarmoq faoliyatida faollik ko‘rsatayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishdan iboratdir.
Tanlovda faol ishtirok etgan boshqa talabalar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.