Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Dastavval kengash a'zolariga rektorning buyrug'iga muvofiq Institut kengashining ilmiy kotibi lavozimiga tayinlangan Qilichev Abror Barotovich tanishtirildi.
Shundan so'ng kun tartibidagi boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan avval xabar berilganidek (https://tkti.uz/uz/ads/detail/toshkent-kimx-txexnologiya-instituti-quyidagi-lavo/) kafedra mudirlariga e'lon qilingan tanlov bo'yicha hujjat topshirgan nomzodlarning mehnat faoliyatlari hamda yutuqlari kengash a'zolari tomonidan ko'rib chiqilib yashirin ovozga qo'yildi.