Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yilning 15-may sanasida “KARYERA KUNI” bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda 90 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarufidagi yirik ishlab chiqarish korxonlari vakilari va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali ma’sul xodimlari ishtirok etdilar.

2024-2025 o‘quv yilida institutimizda 1800 nafardan ziyod talaba yoshlar bitirishmoqda. Ularni ishga joylash maqsadida "KARYERA KUNI" tashkilashtirildi.

 Tadbirni Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.T.Safarov kirish so'zi bilan ochib berdilar. Yana bir yangiliklardan biri bo‘lgan Davlat tashkilotlariga ishga kirishning yangi tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali Bosh inspektor Abdukarimov Utkir Xamzaevich vacancy.argos.uz sayti orqali ishga kirish tartibi bo‘yicha bitiruvchi talabalarga tushunchalar berdi. 

Shuningdek ko'plab Korxonalar vakillari o‘zlarining taqdimotlari bilan tadbirda ishtirok etdilar.

 Joriy o‘quv yilida institutni 1800 dan ortiq bitiruvchi tamomlab, diplom oladi. Mazkur mehnat yarmarkasi ushbu bitiruvchilarga o‘zlari uchun munosib ish o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Karyera kuni doirasida korxona mas’ullari talabalar bilan suhbatlar o’tkazib joyida ishga qabul qilish bo’yicha shartnomalar tuzmoqda.

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunda institutda talabalarni ishga joylashishlariga ko‘maklashish maqsadida “Karyera markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu markaz ish beruvchi tashkilot, korxona va muassasalar bilan talabalarni uchrashuvlarini tashkillashtirib kelmoqda.