Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yosh targ'ibot guruhi" a'zolari uchun giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan maqsadli targʻibot davra suhbati o'tkazildi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Yosh targ'ibot guruhi" a'zolari uchun giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan maqsadli targʻibot davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatini Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʼlgan rektor maslahatchisi A.Erkayev, Institut profilaktika inspektori A.Jumanov, Institut psixologi Z.Jo'raqulov hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi M.Bo'riyevlar ishtirok etishdi.

Bunday davra suhbatlarini tashkil etishdan asosiy maqsad giyohvandlik va narkojinoyatchilikning xavf-xatarlarini yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, salomatlikka, ta’limga, kelajak hayotiga tahdid soluvchi omillardan ogoh qilish hamda yoshlarni zararli illatlardan yiroq, sog‘lom turmush tarziga sodiq bo‘lishga undashdir. 

Shuningdek, narkotik vositalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oqibatlari, javobgarlik choralari va ularning jamiyat rivojiga olib keladigan salbiy ta’sirlarini tushuntirish orqali yoshlarning hushyorlik va mas’uliyatini mustahkamlash maqsad qilingan.