Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “OIV/OITS – dolzarb muammo” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Toshkent kimyo-texnologiya institutida “OIV/OITS – dolzarb muammo” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

2025-yil 27-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Respublika 'OITS'ga qarshi kurash markazidan shifokorlar tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar uchun seminar tashkil etilib, OIV/OITS kasalligi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Markazdan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokchilarga OIV infeksiyasiga oid tarqatma materiallari bilan ulashdilar. Shundan so'ng mobil-laboratoriya yordamida talabalarda OITS, Gepatit va boshqa infeksion kasalliklarga qon tahlillari olinib, qisqa daqiqalar ichida tahlil natijalarini o'zlariga taqdim etdi.